19-11-2023, 12:53
11
Yangiliklar

Mbappening hayotiga nazar

Mbappening hayotiga nazar

Kilian Mbappe 1998 yil 20 dekabrda Parij chekkasida, Bondi shahrida tug‘ilgan. Aynan shu yerda u o‘zining sport karyerasidagi ilk qadamlarini qo‘yishni boshladi. Dastlab Kilian Bondi futbol akademiyasida ishlagan otasi Uilfrid Mbappe rahbarligida shug‘ullangan. Ko‘p o‘tmay yosh iste’dod mamlakatning eng yaxshi akademiyasiga Klerfonteynga ko‘chib o‘tdi. Mbappening uyi mashg‘ulot bazasidan juda uzoqda bo‘lishiga qaramay, ota va o‘g‘il umumiy orzularini amalga oshirish uchun har kuni o‘nlab kilometrlarni bosib o‘tishdi.

Urinishlar besamar ketmadi. 13 yoshida Mbappe bolalikdagi sevimli klublaridan biri "Real Madrid"dan taklif oldi va muzokaralarda uning kumirlaridan biri, afsonaviy fransuz Zinedin Zidan ishtirok etdi. Ammo yigit otasining maslahati bilan boshqa klubni tanladi. 15 yoshida u "Monako"ga o‘tgan. Kilian o‘smirlar jamoasida ikki mavsum o‘ynadi va 2015 yilning qishida "Kan"ga qarshi milliy chempionat uchrashuvida asosiy jamoada debyut qildi. Uch yil ichida monegasklar bilan birgalikda u bitta muhim unvonni qo‘lga kiritdi, 2016/17 yilgi mavsumda Fransiya chempionligi.



2017 yilning yozgi transfer oynasida Mbappega "Barselona", "Arsenal", "Real" va "PSJ" kabi klublar da’vogarlik qilishdi. Futbolchi yana o‘z vatanida qolishga qaror qildi. Deyarli 100 millionlik transfer birinchi mavsumni ijaraga olish va keyingi xaridni anglatardi. Kilian "Real Madrid"ning doimiy qiziqishiga va Madridga ko‘chib o‘tish haqida gapirayotganiga qaramay Parijda qoldi. Bu vaqt ichida forvard 5 karra Fransiya chempioni, ikki karra Fransiya liga kubogi, uch marta mamlakat kubogi va ikki marta Fransiya Superkubogi sohibiga aylandi.

Kilian Mbappening oilasi

Kilian Mbappe sportchi oilada tug‘ilgan. Uning kamerunlik otasi Uilfrid Mbappe futbol murabbiyi bo‘lib, Bondida bolaga murabbiylik qila boshlagan. Hozir u o‘g‘lining agenti bo‘lib ishlaydi, o‘yinlarda qatnashadi va iloji bo‘lsa mashg‘ulotlarda qatnashadi.

Yoqubov Shaxzod
Yoqubov Shaxzod
Tahrirchi

O'tgan o'yinlar

Batafsil
Klub logotipi Боруссия Д
Боруссия Д
0
2
Klub logotipi Real Madrid
Real Madrid
Лига Чемпионов, 01 июня 2024, 22:00

Таблица Ла Лиги

Полная таблица
Команда М О
1. Real Madrid 38 95
2. Barselona 38 85
3. Girona 38 81
4. Atletikо 38 76
5. Atletik 38 68
6. Real Sosedad 38 60
7. Betis 38 57
8. Vilyarreal 38 53
9. Valensiya 38 49
10. Alaves 38 46

Бомбардиры

Полная статистика
Команда Г ГП
1. Винисиус Джуниор 24 9
2. Джуд Беллингем 23 13
3. Хоселу 18 3
4. Родриго Гоэс 17 8
5. Браим Диас 12 9

Травмы игроков

Все травмы

Дни рождения

Все игроки

La Liga jadvali

Batafsil
Jamoa G O
1. Real Madrid 38 95
2. Barselona 38 85
3. Girona 38 81
4. Atletikо 38 76
5. Atletik 38 68
6. Real Sosedad 38 60
7. Betis 38 57
8. Vilyarreal 38 53
9. Valensiya 38 49
10. Alaves 38 46

Topurarlar

Batafsil
Jamoa G U
1. Vinisius Junior 24 9
2. Jude Bellingham 23 13
3. Xoselu 18 3
4. Rodrigo Goes 17 8
5. Brahim Diaz 12 9