Real madrid

Tarixi

To'liq nomi: Real Madrid Club de Futbol
Mamlakati: Ispaniya
Joylashgan shahri: Маdrid
Jamoa tarkibi: 2023-yilgi tarkibi
Tashkil topgan yil: 1902 yil
Stadion: “Santiago Bernabeo”
Maydon hajmi: 106х66, 1947 yil qurilgan
Stadion sig'imi: 85 000 muxlis
Prezident: Florentino Peres
Bosh murabbiy: Zinedin Zidan
Jamoa manzili: Avenida Concha Espina 1, 28036 - Madrid
Internet sayti: www.realmadrid.com

Klubning tashkil topishi

1896 yilda Madrid klubining otasi hisoblangan "Futbol Skay" klubi tashkil etiladi. Ammo rasmiy tashkil topgan sana sifatida 1902 yil 6 mart qayd etilgan. Aynan shu sanada aka-uka Padros va Xulian Palasioslar "Madrid Football Club" nomli klub ochishadi. 1920 yilning 29 iyunida Ispaniya qiroli Alfons XIII klubga Qirollik nomini berdi va bu ispanchada "Real" deb ataladi.

SHundan so'ng hozirgi zamonaviy "Real Madrid" nomi kelib chiqqan. Klub yaratilishidan so'ng jamoa tezda ispan futbolida yetakchilikka intiladi: 1903 yildayoq ular mamlakat Kubogi finaliga chiqdi, ammo Bilbaoning "Atletik" klubiga mag'lub bo'lishdi. Bir necha yildan so'ng bu sovrin manzili poytaxtga o'zgardi: "Madrid" ketma-ket to'rt yil Ispaniya Kubogini qo'lga kiritdi. Ispaniya chempionati 1928/29 yildan o'tkazila boshlagan, bu vaqtgacha kuchlilar faqat tuman bo'yicha aniqlangan. "Madrid" (1920 yildan - "Real Madrid") bu vaqt oralig'ida o'z hududida 16 marta chempion bo'lib ulgurgan.

"Real Madrid"ning gullagan davrlari

O'tgan yuz yillikning 50 yillarida Evropada qita futbol federaciyasi yaratib, unda klublar va terma jamoalar o'rtasida musobaqalar tashkil qilish rejasi tuzilgan edi.

Ammo bu davrda "Real Madrid" katta obro'ga ega Ispaniyaning asosiy jamoasi hisoblanmas edi. "Real Madrid" 1954/55 mavsumda Evropa chempionlari Kubogida Ispaniya jamoalari orasida birinchi bo'lib ishtirok etdi. O'sha yildan boshlab "Real Madrid" Evropa cho'qqisida 5 yil porlab turdi.

Xalqaro arenadagi muvaffaqiyatlarga milliy chempionatdagi g'alabalar hamroh bo'ldi. "Qirollik klubi" 1954 yildan 1969 yilgacha 12 marta Ispaniya chempioni bo'ldi. Bu 15 yil ichida "Real Madrid" milliy chempionatni boy bersa, Ispaniya Kubogini qo'lga kiritar edi. SHunday qilib, ular 15 yil davomida Evropaning eng obro'li turniridan biror marta ham chiqib ketmadi va faqatgina 1970 yilda bu musobaqadan chetda qoldi. "Real Madrid"ning o'sha oltin erasida argentinalik Alfredo Di Stefano (1957 va 1959 yillarda Evropaning eng yaxshi futbolchisi), fransiyalik Raymon Kopa (1960 yilda Evropaning ikkichi futbolchisi), Franchesko Xonto kabi futbolchilar porlagan.

1970-1990 yillarda klubning natijalari

1973-74 mavsumda "Real Madrid" Ispaniya Kubogi finalida "Barselona" ustidan qozonilgan yirik hisobdagi (4:0) g'alabani nishonladi.

1978 yilda "Real Madrid" Uli SHtilike va Xuanitoni xarid qildi. Ularning o'yin uslubi bir-biriga mos kelmasada, SHtilike va Xuanito uzoq yillar davomida "Qirollik klubi"ning tumoriga aylandi. 1980 yilning 4 iyunida madridliklar mamlakat Kubogi finalida "Kastilya"ni 6:1 hisobida mag'lub etishadi. Kelasi yil "Real Madrid" yana o'zini Evropada eslatib qo'ydi, ular Evropa chempionlar Kubogida finalgacha yetib bordi, ammo so'nggi bahsda Vuyadin Boshkov qo'l ostidagi "qaymoqranglilar" "Liverpul"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ladi. 1983 yilning dekabrida jamoaning bosh murabbiyi etib Alfredo Di Stefano tayinlanadi, jamoa safini esa Martin Esker, Michel, Sanchis va Emilio Butragenolar to'ldirishadi.

1985 yil 24 may kuni klub prezidentligi o'rnini Ramon Mendosa egallaydi. O'sha yili va undan keyingi yil "Real Madrid" UEFA Kubogini qo'lga kiritishadi. "Qirollik klubi" uy uchrashuvlarida raqibni xohlagan hisobda yutishga o'rganib qoladi, ammo bir safar hech kimning hayoliga kelmagan voqea yuz beradi: Menxengladbaxning "Borussiya"siga mehmonda 1:5 hisobida mag'lub bo'lgan "Real Madrid", o'z o'yida raqibga javobsiz 4ta gol urib, keyingi bosqichga yo'l oladi. Bir necha omadsiz mavsumdan so'ng "Real Madrid" bosh murabbiyligi o'rnini Xorxe Valdano egallaydi. Murabbiy asosiy tarkibda Redondo, Laudrup, Amaviske, Kike Floresga joy ajratib beradi.

1995 yilning 8 yanvarida Valdano jamoasi o'zining asosiy raqibi "Barselona"ni 5:0 hisobida taslim etadi va mavsum oxirida chempionlik sovrinini qo'lga kiritadi. Ammo keyingi mavsumda "Real Madrid" omadsizlikka uchraydi va jamoa shturvalini italiyalik Fabio Kapello o'z qo'liga oladi. Jamoa tarkibi ham ancha o'zgaradi va unga Zeedorf, Miyatovich va Roberto Karlos kabi futbolchilar jalb qilinadi.

Mamlakatda chempion bo'lish uchun Kapelloga bir mavsum etarli bo'ldi. 1998 yilda "Real Madrid" "Yuventus"ni 1:0 hisobida mag'lub etib, ettinchi marta chempionlar Kubogini qo'lga kiritadi. Bir necha oydan so'ng ular "Vasko da Gama"ni taslim etim Qitalararo Kubog egasiga aylanadi.

1998/99 mavsumdagi omadsiz ishtirokdan so'ng, "Real Madrid" rahbariyati bosh murabbiylik lavozimini Visente del Boskega ishonadi va adashmaydi: klub sakkizinchi bor chempionlar Kubogi (CHempionlar ligasi) sovrinini qo'lga kiritadi. 2001 yilda "Real Madrid" 28 marta mamlakat chempioniga aylanadi.

"Real Madrid" FIFA talqini bo'yicha XX asrning eng yaxshi klubi deb topilgan. "Qirollik klubi" jahondagi eng katta byudjetga ega klub hisoblanadi. Ularning yillik pul aylanmasi 1.07 mlrd. evro. "Real Madrid" xatto jahonning eng qimmat klubi hisoblanadi (9.5 mlrd. evro). Qaymoqranglilar Ispaniyaning yuqori ligasini tark etmagan uch jamoadan biri hisoblanadi, qolgan ikki klublar esa "Barselona" va "Atletik".

"Galaktikos" futbol tarixida eng ko'p sovrinlarni qo'lga kiritganligi bilan ham ajralib turadi. Hozirgi kungacha jamoa 13 marta Yevropa Chempionlar Ligasi kubogini, 33 marta Ispaniya La Liga chempionligini va 19 marta Ispaniya kubogini bundan tashaqri "Real Madrid" Ispaniya super kubogini 10 marta, Klublar o'rtasidagi jahon chempionati kubogini 4 marta, Evropa ligasi kubogini 2 marta, Interkontinental g'oliblar kubogini 3 marta, 4 bor Evropa super kubogini va 1 marta Ispaniya liga kubogini qo'lga kiritgan bo'lib, bunday natijani hali hech qaysi bir klub takrorlay olganicha yo'q va takrorlashi amrimaxol. Shuning uchun ham "Qirollik klubi"ni butun yer shari bo'ylab eng ko'p o'z mxhlislariga ega bo'lgan, eng mashxur, eng boy jamoa hisoblanadi.

Boshqaruv tizimi haqida qisqacha

"Real Madrid" Aksiyadorlik jamiyati maqomiga ega bo'lmagan Ispaniyaning 3 jamoasidan biridir. Jamoa boshqaruvi prezident qo'li ostida bo'lib, prezidentni saylash "socios" (Jamoaga har yili tovon puli to'lab a'zosiga aylanadigan muxlislar) deb nomlangan guruh zimmasidadir. Prezident bo'lib saylangan kishi esa o'zining atrofiga birga faoliyat olib boruvchi kishilar (XUNTO Direktorlar kengashi)ni yig'ib o'z g'oyalarini olg'a suradi.

Klubning kelajak maqsadlari

"Real Madrid"ning futbol klubidan tashqari "Real Madrid" Basketbol jamoasi (Basketbol akademiyasi bilan birga) ham mavjud bo'lib, yildan yilga Evropadagi mashxur musobaqalarda qatnashib kelmoqda. Kelajakda esa "Real Madrid" o'zining ayollar jamoasini va Regbi jamoasini bundan tashqari mini-futbol jamoasini tuzishni ko'zda tutgan va klub bu borada izlanishlar olib bormoqda.

"Real Madrid" jamoasida to'p suradigan futbolchilar jahon tan olgan yulduzlari hisoblanib, dunyodagi eng mashxur aktyor va qo'shiqchilar bilan bir safda turishadi. Bunga so'ngi yillarda jamoada to'p surgan va to'p surib kelayotgan Luish Figo, Zinedin Zidan, Ronaldo, Devid Bekxem, Raul Gonsales, Iker Kassillyas, Arien Robben, Kaka, Krishtiano Ronaldo kabi futbolchilar misol bo'la oladi.

O'tgan o'yinlar

Batafsil
Klub logotipi Боруссия Д
Боруссия Д
0
2
Klub logotipi Real Madrid
Real Madrid
Лига Чемпионов, 01 июня 2024, 22:00

Таблица Ла Лиги

Полная таблица
Команда М О
1. Real Madrid 38 95
2. Barselona 38 85
3. Girona 38 81
4. Atletikо 38 76
5. Atletik 38 68
6. Real Sosedad 38 60
7. Betis 38 57
8. Vilyarreal 38 53
9. Valensiya 38 49
10. Alaves 38 46

Бомбардиры

Полная статистика
Команда Г ГП
1. Винисиус Джуниор 24 9
2. Джуд Беллингем 23 13
3. Хоселу 18 3
4. Родриго Гоэс 17 8
5. Браим Диас 12 9

Травмы игроков

Все травмы

Дни рождения

Все игроки

La Liga jadvali

Batafsil
Jamoa G O
1. Real Madrid 38 95
2. Barselona 38 85
3. Girona 38 81
4. Atletikо 38 76
5. Atletik 38 68
6. Real Sosedad 38 60
7. Betis 38 57
8. Vilyarreal 38 53
9. Valensiya 38 49
10. Alaves 38 46

Topurarlar

Batafsil
Jamoa G U
1. Vinisius Junior 24 9
2. Jude Bellingham 23 13
3. Xoselu 18 3
4. Rodrigo Goes 17 8
5. Brahim Diaz 12 9