19-11-2023, 12:51
7
Yangiliklar
Bayer bosh direktori: Xabi Alonson ketishni xohlasa, biz uni majburlab ushlab turmaymiz
![Bayer bosh direktori: Xabi Alonson ketishni xohlasa, biz uni majburlab ushlab turmaymiz](/uploads/files/bayer_bosh_direktori_xabi_alonson_ketishni_xohlasa_biz_uni_majburlab_ushlab_turmaymiz_yoqubov.uz.jpg)
"Bayer" bosh direktori lavozimini egallab turgan Fernando Karro Xabi Alonsoning "Real"ga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi.
Aytish joizki, joriy mavsumda Alonso boshchiligidagi “Bayer” ajoyib natijalar ko‘rsatmoqda – jamoa Germaniya Bundesligasida peshqadamlik qilmoqda.
"Xabi Alonsoning shartnomasida ozod qilish bandi bormi? yo‘q. Lekin munosabatlarimiz yaxshi va biz jiddiy klubmiz. Agar u biz bilan qolishni xohlama, biz uni bunga majburlamaymiz", - dedi Karro.
"Bayer" navbatdagi o‘yinini 25 noyabr kuni mehmonda "Verder"ga qarshi o‘tkazadi.